Avval xabar berganimizdek, Frantsiya poytaxti Parij shaxrida dunyoning eng yirik ko‘rgazmalaridan biri “Tex World Evolution Paris” bo‘lib o‘tmoqda, uning doirasida bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazildi hususan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari D.Vaxabov yana bir nufuzli xalqaro ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan «Première Vision» vakillari bilan uchrashdi hamda, ushbu yirik ko‘rgazma ishtroki bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Unga ko‘ra xar yili uyushma boshchiligidagi korxonalarga 500 KV joy ajratiladi va yagona milliy stend “Made in Uzbkistan” nomli tashkillashtiriladi va ushbu stendda ip kala, bo‘yalgan mato va tayyor kiyim kechak ishlab chiqaruvchilari qatnashadi.
Uyushma tomonidan «Première Vision» raxbariyatiga “Tex World Evolution Paris” ko‘rgazmasida qatnashayotgan korxonalarning mahsulot namunalari takdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, «Première Vision» ko‘rgazmasi dunening eng yirik va brendlar uchun muxim bo‘lgan savdo istiqbollarini kengaytiradigan platforma hisoblanadi va bu kurgazmada qatnashish istagini bildirlan kompaniyalar maxsus kengash orqali saralab olinadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




