2022 yil 4 fevral kuni Yaponiyaning Masui Co Ltd kompaniyasi vakili Textile Technologies Group kompaniyasiga tashrifi chog‘ida organik paxta mavzusida muzokaralar o‘tkazdi. Ular aprel oyida TTG yuqori sanoat standartlariga javob beradigan («contamination free » deb ataladigan) eng yangi texnologiyalar va yuqori sifatli xomashyodan foydalangan holda ishlab chiqarilgan organik paxtadan xomashyo sinov partiyasini yetkazib berishga kelishib olishdi. «Textile Technologies Group» xalqaro organik to‘qimachilik standartiga (GOTS) ega bo‘lib, 2 ming tonna organik paxta tolasi yetishtiradi, kelgusi yilda bu ko‘rsatkichni 5 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Jahon savdo maydonida har yili organik paxtadan tayyorlangan tayyor to‘qimachilik mahsulotlariga talab ortib bormoqda.
«GOTS» – Global organik to‘qimachilik standarti, yetakchi xalqaro standartlarni ishlab chiquvchilar – Organik savdo uyushmasi (AQSh), Yaponiya organik paxta assotsiatsiyasi, Xalqaro to‘qimachilik sanoati assotsiatsiyasi (Germaniya) va Tuproqshunoslik assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya) tomonidan dunyo miqyosida tan olingan talablarni aniqlash uchun ishlab chiqilgan.
Organik sertifikatning mavjudligi O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun xalqaro bozorlarda keng imkoniyatlar ochib, mahsulotlarni 50 foizga qimmatroq sotish va kimyoviy moddalarga katta mablag‘ni tejash, shuningdek, dunyoning eng yirik kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Jumladan Sustainable Cotton Challeng dasturi ishtirokchilari (Adidas, H&M, Nike va boshqalar) 2025 yilgacha ekologik toza manbalardan paxta ishlab chiqarishni ta’minlash majburiyatini oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




