“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ko‘p yillik samarali mehnati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki bilan yurt ravnaqi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan to‘qimachilik sanoati korxonalarining eng namunali xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash yuzasidan takliflar tayyorlanmoqda.
Davlat mukofotlariga tavsiya qilinayotgan har bir nomzodni tanlashda adolat, xolislik va qonuniylikni ta’minlash hamda tegishli mehnat jamoalarining fikrini inobatga olgan holda, har tomonlama munosib bo‘lgan nomzodlarni tavsiya qilishga alohida e’tibor berilishi lozim.
Siz rahbarlik qilayotgan korxona faoliyatiga salmoqli hissa qo‘shayotgan to‘qimachilik va jamoat tashkilotlarining eng namunali xodimlari nomzdodlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida Uyushmaning Kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash boshqarmasiga 2022 yil
20 martgacha viloyat va tuman xokimiyat organlari bilan kelishilgan holda nomzodlar bo‘yicha takliflaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz.
Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 202-22-44 (ichki 147), 90 976 31 72
E-mail: s.odinayev@uzts.uz
Odinayev Sardor Raximjanovich
Davlat mukofotlariga tavsiya etiladigan har bir nomzod uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Mukofot varaqasi (rangli, A3 formatda);
- Ma’lumotnoma (ob’yektivka, rangli);
- Tavsifnoma (annotatsiya);
- Fuqaro pasport nushasi (rangli);
- Fotosurat (9×12 xajmda, oq fonda) – 2 dona;
- Mehnat jamoasining bayonnomasidan ko‘chirma;
- Soha korxonalaridan tavsiya etilgan nomzodlar uchun “Korxona pasporti” va so‘nggi uch yillik ko‘rsatkichlar jadvali;
- Hujjatlarning elektron nusxasi;
- Har bir tashkilotdan 2 tadan nomzod.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




