Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Q.Toqayevning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5-6 dekabr kunlaridagi tashrifi oldidan o‘tkazilgan O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlari kengashining 4-yig‘ilishida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati taqdimot bilan qatnashdi.
Qozog‘iston ishbilarmonlariga oxirgi yillarda O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv trikotaj tarog‘i rivoji, erishilgan natijalar va kelgusida tarmoqni ikki davlat ishbilarmonlari bilan hamkorlikda rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.
Taqdimotdan so‘ng Qozg‘iston ishbilarmonlari tomonidan respublikamizda yaratilgan sharoitlar, sohani boshqaruv uslubi, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati bo‘yicha qiziqishlar bildirildi. Shuningdek, bir qator tadbirkorlar tomonidan o‘zbek mahsulotlarini yirik savdo komplekslariga yetkazib berish, dizayn va moda yo‘nalishida ikki davlat urf-odatlari va madaniyatini inobatga olgan holda kollektsiyalar yaratish va iste’molchilarga yetkazib berish hamda paxta-to‘qimalik klasterlari tajribasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




