Avval xabar berilganidek, 1-11 dekabr kunlari Polsha, Italiya, Frantsiya va Ispaniyada O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan mahalliy to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalari vakillari uchun tashkil etilgan biznes-tur boshlandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Biznes-turning birinchi bekati Polshaning Varshava shaxrida “FAST TEXTILE-2021” 7 – Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi doirasida o‘z ishini yakunladi.
Ushbu ko‘rgazmada jaxonning 45 mamlakatidan 600 dan ortiq korxona o‘z maxsulotlari bilan qatnashadilar, bulardan Turkiya, O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Portugaliya, Misr, Buyuk Britaniya va boshqalar.
Qariyb 600 m2 joyda joylashgan O‘zbekiston “Made in Uzbekistan” pavilonining tantanali ochilish marosimida Polsha-Osiyo Savdo sanoat palatasi prezidenti, sobiq Bosh vazir o‘rinbosari Ya. Pexotsinskiy, “Ptak Warsaw Expo” prezidenti K. Tsvikla, O‘zbekistonning Polshadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B. Babayev, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i M. Sultanov va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari D. Vaxabov ishtirok etdilar.
Biznes-forum tashkil etilib, uning davomida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining bugungi kundagi salohiyati va kelajakdagi rejalari to‘g‘risidagi taqdimoti namoyish etildi.
Shuningdek, forum doirasida V2V va G2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, “Wonder Worx”, “Sharda Group” kompaniyalari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan suxbat chog‘ida to‘qimachilik
va tikuv-trikotaj sohasida ikki davlat xamkorligini mustahkamlash va iqtisodiy aloqalarni yanada yaxshilash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati va dizayni keskin oshganligi hamda Polsha tadbirkorlari uchun O‘zbekiston hali kashf kilinmagan bozor ekanligi ta’kidlanmoqda.
Dunyoning qator yirik investorlari esa, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi Preferentsiyalar bosh tizimi “GSP+” benefitsiari maqomiga egaligini inobatga olib, yurtimizdagi korxonalarga o‘z sarmoyalarini kiritish borasida dastlabki kelishuvlarga erishilib, bu boradagi muzokaralarini davom ettirishmoqda.
Bundan tashqari, biznes-tur doirasida Polshaning eng yirik charm-poyabzal ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadigan “Bartek” korxonasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: “Bartek” – Polshaning yirik brendi bo‘lib, oyoqning anatomik tuzilishini hisobga olgan holda bolalar uchun poyabzal ishlab chiqaradi. Uzoq muddatli shakllanish va faqat yuqori sifatli materiallardan foydalanish tufayli “Bartek” mahsulotlari katta talabga ega.
Muzokarada, “Bartek” rahbari P. Bartnitski O‘zbekiston charm-poybazal sanoatining so‘nggi yillardagi yutuqlarini e’tirof etdi hamda mamlakatimizda erkaklar, ayollar, bolalar va maxsus poyabzallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Biznes-turning Polsha mamlakatidagi yakuniy kunida O‘zbekiston korxonalari uchun Polshada eng yirik savdo markazlari “PTAK” va “GD Poland International”ga tashrif uyushtirildi. Ushbu Savdo markazlari Markaziy va Sharqiy Yevropada kiyim-kechak, oyoq kiyim, aksessuarlar va boshqalar bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi eng yirik savdo maydonlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, ushbu maskanlardan o‘zbek mahsulotlarini saqlash uchun yirik ombor ijaraga olish imkoni ko‘rib chiqildi. Mazkur omborlarda, mahalliy korxonalar o‘z mahsulotlarini saqlash uchun xarajatlarini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan, “Zelal tekstil”, “Saff tekstil” hamda “Nil-granit” korxonalari ushbu omborxonalardan joy olishlari, shuningdek, “Chust tekstil” korxonasi Polshada savdo uyi ochish yuzasidan kelishuvga erishishdi.
Bundan tashqari, “Chust tekstil” va “Xo‘jaobod Fazo” korxonalari V’yetnam mamlakati tomonidan Polsha bozoriga to‘qimachilik mahsulotlarini sotuvchi korxonalarning o‘rniga muqobil yetkazib beruvchi maqomini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Biznes-turning birinchi mamlakati yakunlari bilan, mahalliy korxonalar tomonidan qiymati 45 mln dollardan ziyod shartnomalar imzolandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




