Joriy yilning 11–oktyabr kuni Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti binosida «11–oktyabr — Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan «O‘zbekiston qizlari: hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari» mavzusida respublika forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda san’at sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan qizlarning musiqiy chiqishlari, ijodkor qizlar ishtirokida mushoira, iqtidorli qizlarning turli sohalardagi ijod namunalari, ixtirolari ko‘rgazmasi, «Qizlarjon klubi», «Bibixonim maktablari», qizlar uchun motivatsion trening mashg‘ulotlari hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi qoshidagi «Sharq liboslari dizayn markazi» MCHJ tomonidan iqtidorli yosh dizayner qizlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar namoyishi tashkil etildi.
Tadbir doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 2kurs talabasi Maxkamboyeva Malikabonu Sherzodbek qizi, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 4-bosqich talabasi Muzaffarxonova Ozodaxon, K. Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabasi Nazarova Malika Abdugaffarovna, K. Behzod Milliy rassomchilik va dizayn instituti 4-kurs Zayniddinova Sevara Zuhriddin qizi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 2-kurs magistr talabasi Jo‘raqulova Shahnoza Abdurazzoq qizi, K.Behzod nomli Milliy rassomchilik va dizayn instituti Koreyaning Gachon, Keimyung, Tayekyoung institutlarida 3 yil tahsil olgan, bugungi kunda Toshkent Iqtisodiyot institutida 2-kurs magistranti, “Muslimka shop” magazini rahbari Tojiyeva Nodira Abdumalik qizi hamda «Sharq liboslari dizayn markazi» MCHJ yosh dizaynerlari tomonidan yaratilgan liboslar namoyishi barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Respublika ommaviy–axborot vositalari orqali namoyish etildi.
Jamiyatdagi turli sohalarda faol mehnat qilayotgan rahbar ayollarning forum ishtirokchilari bilan muloqotida ham yosh iqtidorli dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyishi, yosh dizaynerlarning iste’dodi, sohada respublikamiz moda industriyasini rivojlantirish uchun olib borilayotgan ishlarning yaqqol namunasi va yutug‘i ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




