16 sentyabr kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Diplomatic world jurnali vakillari Barbara Dietrich va Alberto Turkstra ishtirokida Chirchiq shahrida joylashgan “Uztex” korxonasiga press-tur tashkil etildi.
Ular korxonada mavjud bo‘yoq, tikuv tsexlari va korxonaning zamonaviy laboratoriyasi hamda shourumlari bilan tanishdilar. Korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot bilan tanishgan jurnalistlar mahsulot sifatiga alohida urg‘u berib o‘tdilar.
Xususan Barbara Dietrich «Yevropalik oddiy xaridor sifatida shuni aytishim mumkinki, do‘konlarimizda aynan shu kabi sifatli mahsulotni tanlagan bo‘lar edim» deya ta’kidladi.
Shu bilan bir qatorda korxona ishchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan jurnalistlar, aynan ishchilarning bunday ko‘tarinki kayfiyati mahsulot sifatini shunday yuqoriligini ta’minlashini aytib o‘tdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




