“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda tarmoq uchun zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilg‘or texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy va iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida birgalikda ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik Memorandumi va qo‘shma qarori imzolash bo‘yicha tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur xujjatlarga muvofiq, ta’lim loyihalarini amalga oshirishda vakolat doirasida metodik qo‘llanma, amaliyotlar, stajirovka, malaka oshirish hamda institut faoliyatida tashkiliy masalalarda ko‘maklashish;
Institutda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” kontseptsiyasini bosqichma-bosqich joriy etishda ishtirok etish;
xorijiy moliyaviy institutlar va texnik ko‘mak mablag‘larini keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’limda Texnopark negizida texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Kafedralar faoliyatini ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bog‘lash, bozor talabidan kelib chiqib qayta tashkil etish va maqbullashtirish;
Ilg‘or, zamonaviy soha korxonalarning mutaxassislari, Uyushmaning malakali kadrlari ishtirokida talabalar bilan ochiq darslar, doimiy muloqotlar olib borish;
2021-2022 uquv yilida 3-kurs talabalarining 30 foizi, keyingi uquv yillaridan 100 foizini soha korxonalarida amaliyot o‘tashini va qiziqish bildirgan barcha talabalarni soha korxonalariga ishga joylashtirilishini tashkillashtirish kabi tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Institut qoshida “Karyera Markazi” ochilishida tarmoq uyushmalari va korxonalari tomonidan yosh mutaxassislarni amaliyotlarni tashkil etishda, ishga jalb qilishda va ular tomonidan master klass, ochiq muloqot va davra suhbatlarini o‘tkazishda ko‘maklashuvchi platforma yaratilishiga kafolat beruvchi tuzilma yaratilganligi ma’lum qilindi.
Mazkur tadbirda yetuk to‘qimachilik korxonalari “Elegant Garment Textile” MCHJ rahbari N.Bekmuratova, “Mili Guliston” MCHJ rahbari Sh.Jalilov, “Khantex Group” MCHJ vakili U.Ruziyev, “Uzteks Tashkent” MCHJ bosh direktori S.Mamadjanov, “Melagrana Productions” MCHJ rahbari A.Tashxodjayev rahbarlari ishtirok etib, tajriba va malakali mutaxassislar bo‘yicha o‘rtoqlashildi. Talabalarga vazifalar, takliflar va samimiy tilaklar bildirildi.
Shu bilan birga, “Elegant Garment Textile” MCHJ rahbari N.Bekmuratova va boshqa korxonalarni tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentyabrdagi “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6306-son Farmoniga muvofiq, Hukumat rahbariyati tomonidan eksporter korxonalarga berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash choralari tasdiqlanganligi bilan o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini va ish o‘rinlarini tashkil etish shuningdek, mahsulotlarni eksport qilinishida o‘z kuch va mehnatlarini ayamaslikka va’da berildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




