2021 yil 7 sentyabrda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi binosida Uyushma raisi Xaydarov Ilhom Utkurovich hamda Turkiya Respublikasining favqulotda va muhtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv boshida Uyushmasi raisi I.Xaydarov O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi. Unda sohada so‘ngi yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilganligi, Respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta xom ashyosi to‘liq Respublika ichida qayta ishlanayotgani va buning natijasida sohada eksport xajmi 3 mlrd. dollarga yetgani va shuningdek Turkiyalik hamkorlar bilan ta’sis etilgan qo‘shma korxonalar hususida to‘xtalib o‘tildi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda I.Xaydarov oldinga qo‘yilgan maqsadlarga to‘xtalib o‘tdi, xususan, to‘qimachilik texnologiyasi va muxandis kadrlar tayyorlash borasida Turkiyaning Istanbul politexnika hamda Ege universitetlari bilan muzokaralar olib borilib, memarandum imzolangani va yaqin kelajakda Turkiyalik mutaxasislar ishtirokida sohada kadrlar tayyorlash bo‘yicha katta islohotlar o‘tkazishga umid bildirdi.
Turkiya Respublikasining favqulotda va muhtor elchisi Olgan Bekar o‘z ish faoliyati davomida “Osborn Textile”, “Lukbo Textile” va boshqa bir qancha to‘qimachilik korxonalari bilan tanishib chiqqanini ta’kidladi. Shuningdek,- Turkiya Respublikasining Bursa to‘qimachilik instituti rektori yaqin kunlarda Turkiya to‘qimachilik kompaniyalari delegatsiyasi bilan birgalikda Toshkentga tashrif buyurishini ta’kidlab, o‘zaro muzokaralar o‘tkazish uchun I.Xaydarovni mamnuniyat bilan taklif etdi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




