Islom Taraqqiyot Bankining 46 yillik anjumani doirasida Bangladesh Xalq Respublikasining Hukumat vakillaridan tashkil topgan delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Bugun, 2 sentyabr kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Bangladesh Xalq Respublikasi Moliya vazirligining iqtisodiy aloqalar bo‘yicha kotibasi Fatima Yasmin boshchiligidagi delegatsiya bilan ikki-tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi I.Xaydarov tomonidan Bangladesh Xalq Respublikasi Moliya vazirligining iqtisodiy aloqalar bo‘yicha kotibasi Fatima Yasmin, Bosh vazir apparati kotibi Muhammad Tofazzel Xusayn Mia, Bangladesh to‘qimachilik korxonalar uyushmasi prezidenti Moxammad Alilar ishtirok etishdi.
Mehmonlarni qizg‘in qutlar ekan I.Xaydarov aynan O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi bayrami kunlarida BXRdan oliy darajadagi mehmonlarni yurtimizga tashrifi bu o‘zaro cheksiz hurmati belgisi ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatining so‘nggi yillardagi yutuqlari va kelgusidagi rivojlanish strategiyasi, sohasining salohiyati borasida taqdimot o‘tkazildi.
I.Xaydarov Bangladesh bilan to‘qimachilik sanoatida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ikki tomon uchun manfaatli ekanligini ta’kidladi. Xususan, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi borasida Bangladeshlik ekspertlar ko‘magi muhimligi aytib o‘tildi.
Bangladesh to‘qimachilik korxonalar uyushmasi prezidenti Moxammad Ali (BTMA) O‘zbekiston Respublikasining to‘qimachilik sohasiga katta qiziqish bildirib, kelasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta e’tibor ajratilishini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki-tomonlama hamkorlik bo‘yicha takliflar shakllantirib yuborilishiga va joriy yil oktyabr oyida Bangladesh to‘qimachilik korxonalar uyushmasi vakillar O‘zbekistonga tashrif buyurishi kelishib olindi.
Shu bilan bir qatorda, respublika to‘qimachilik sanoati va respublikamizning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan delegatsiya vakillari uchun Buxoro va Samarqand viloyatlariga tashrif uyushtirildi. Tashrif mobaynida delegatsiya vakillari ushbu viloyatlar hokimliklarida muzokaralar o‘tkazdi, SAG, Samarkand Apparel korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi va o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




