Niderlandiyaning sertifikat beruvchi “Control Union” korxonasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi qoshidagi “Textile Standard Services” korxonasi bilan hamkorlikda « Parvoz Xumo Ravnaq Trans » korxonasida GOTS (The Global Organic Textile Standard) organik to‘qimachilik uchun jahon standartini joriy etish bo‘yicha ishlar olib bordi.
GOTS- xom ashyo yig‘ishdan boshlab tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonda to‘qimachilik mahsulotlarining organik usulda ekologik-va ijtimoiy talablarga javob bergan holda ishlab chiqarilishini kafolatlaydi. Standart sertifikatlangan organik tabiiy tolaning tarkibi kamida 70 foiz bo‘lgan barcha to‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish, qadoqlash, etiketkalash, sotish va tarqatishni o‘z ichiga oladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




