Quva tumanidagi «Quva tekstil» MCHJ korxonasida tashkil etilgan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘limi bugun foydalanishga topshirildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avazbek O‘rinboyev va Quva tumani hokimi Halimjon Umarov ishtirokida o‘tkazilgan ochilish marosimida ramziy lenta qirqilib, korxona uchun yangi yo‘nalish – tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga start berildi.
Loyihaning tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tsexining ishga tushirish natijasida 170 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Bunda asosan «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz ayollar va yoshlarning bandligi ta’minlanishiga e’tibor qaratildi.
Korxona tomonidan yillik 31 mlrd. 200 mln so‘mlik tayyor mahsulot ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, tez orada korxonaning 2-bosqichi bo‘lgan mato to‘qish, matoni bo‘yash va pardozlash liniyasi ishga tushirilishi natijasida qo‘shimcha 400 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida jami 600 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT










