2016 yil yakuniga ko‘ra, 308 korxonalar tomonidan dunyoning 43 davlatlariga 681,1 mln.dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib. Shundan, qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi 40 foizni tashkil etgan.
2020 yil yakuniga ko‘ra, 1271 (2016 yilg nisbatan 413%) korxona tomonidan dunyoning 72 (2016 yilg nisbatan 163%) davlatlariga jami 1,9 mlrd.dollarga (2016 yilg nisbatan 275%). 2020 yil yakuni bo‘yicha ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 50,7% ga, qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarning ulushlari 49,3% gacha oshdi.
2021 yil 1-yarim yillik:
2021 yil 1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, 1 363,9 mln.dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi (respublika eksportidagi ulushi 26%) 2020 yilga nisbatan 164,7 foiz o‘sish templari ta’minlandi (2020 yil 1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, 827,9 mln.doll.), va o‘rtacha oylik eksporti qariyb 230 mln.doll. tashkil etmoqda.
Respublikada ishlab chiqarilgan jami to‘qimachilik va tiikuv-trikotaj mahsulotlari hajmining 48 foizi eksportga yo‘naltirilgan bo‘lsa qolgan qismi esa ichki bozorga yo‘naltirildi.
Mahsulotlar jami 58 ta (2020 yil 50 ta) davlatlarga eksport qilingan bo‘lib , Rossiya – 32,8% (454 mln.doll.), Xitoy – 23,8% (329 mln.doll.), Qirg‘iziston – 13,0% (180 mln.doll.), Turkiya – 13,9 (192 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi. Ushbu davlatlarning ulushi jami eksportda 84%ga (1,1 mlrd.doll.) to‘g‘ri keldi.
Mahsulotlar eksporti shug‘ullangan korxonalarning soni 1063 tani tashkil etib, 108%ga yoki 85 taga oshdi (2020 yil – 977 ta).
Joriy yil yakuni bilan mahsulotlar eksporti jami 2,8 mlrd.doll. tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




