Bugungi kunda Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi, sohada islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator Prezident va Xukumat qarorlari qabul qilindi.
O‘tgan davrda erishilgan yutuqlarni sanoat sohasida taxlil qilinadigan bo‘lsak avvalo:
Buguni kunda sohada 7 mingdan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, tarmoq korxonalarining 2016 yildagi ishlab chiqarish hajmi 12,6 trln.so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilning yakuni bilan ishlab chiqarish xajmi 3,4 barobariga o‘sib 44 trln.so‘mni tashkil etdi.
Mahsulot turlari bo‘yicha taxlil etiladigan bo‘lsak,
– ip kalva ishlab chiqarish 2016 yilda 367 ming tonna bo‘lgan bo‘lsa 2021 yilga kelib 2,1 barobar usib 778 tonnani;
– Ip gazlama ishlab chiqarish 2016 yilda 246 mln kv. metr bo‘lgan bo‘lsa 2021 yilga kelib 2,8 barobar usib 705 mln kv. metrni;
– Trikotaj mato ishlab chiqarish 2016 yilda 51 ming tonna bo‘lgan bo‘lsa 2021 yilga kelib 3,1 barobar o‘sib 160 ming tonnani;
– Paypoq mahsulotlarini ishlab chiqarish 2016 yilda 51 mln juft bo‘lgan bo‘lsa 2021 yilga kelib 7,8 barobar o‘sib 400 mln.juftni takil etib yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi;
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti sohasida:
2016 yil yakuniga ko‘ra, 308 korxonalar tomonidan dunyoning 43 davlatlariga 681,1 mln.dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib shundan, qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil yakuniga ko‘ra, 1271 (2016 yilg nisbatan 4,1 barobar) korxona tomonidan dunyoning 72 ta (2016 yilg nisbatan 1,6 barobar) davlatlariga jami 1,9 mlrd.dollarga (2016 yilg nisbatan 2,8 barobar) teng bo‘lagan.
2020 yil yakuni bo‘yicha ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 50,7% ga, qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarning ulushlari esa 49,3% gacha oshdi.
Ma’lumot uchun 2021 yil 1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, 1363,9 mln.dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi (jami respublika eksportidagi ulushi 26%) 2020 yilga nisbatan 1,6 barobar o‘sish templari ta’minlandi (2020 yil 1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, 827,9 mln.doll.), va o‘rtacha oylik eksporti qariyb 230 mln.doll. tashkil etmoqda.
Respublikada ishlab chiqarilgan jami to‘qimachilik va tiikuv-trikotaj mahsulotlari hajmining 48 foizi eksportga yo‘naltirilgan bo‘lsa qolgan qismi esa ichki bozorga yo‘naltirildi.
Mahsulotlar jami 58 ta (2020 yil 50 ta) davlatlarga eksport qilingan bo‘lib , Rossiya – 32,8% (454 mln.doll.), Xitoy – 23,8% (329 mln.doll.), Qirg‘iziston – 13,0% (180 mln.doll.), Turkiya – 13,9 (192 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi. Ushbu davlatlarning ulushi jami eksportda 84%ga (1,1 mlrd.doll.) to‘g‘ri keldi.
Mahsulotlar eksporti shug‘ullangan korxonalarning soni 1063 tani tashkil etib, 108%ga yoki 85 taga oshdi (2020 yil – 977 ta).
Joriy yil yakuni bilan mahsulotlar eksporti jami 2,8 mlrd.doll. tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
Investitsion loyhalarni amalga oshirish borasida:
2016 yilda umumiy loyiha qiymati 145 mln.dollarlik 33 ta investitsion loyihalar amalga oshirildi, shundayen ip kalava 37,4 ming tonna, ip gazlama
4,2 mln kv. Metr, trikotaj mato 1,8 ming tonna, tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 7,7 mln dona bo‘lgan bo‘lsa 2020 yilda umumiy loyiha qiymati 474 mln.dollarlik 71 ta investitsion loyihalar amalga oshirildi, shundayen ip kalava 128 ming tonna, ip gazlama 35 mln kv. metr, trikotaj mato 6 ming tonna, tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 89,2 mln dona ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi loyihalar ishga tushirildi.
Buning natijasija 2016 yilda 4 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa 2020 yilga kelib ishga tushirilgan investitsion loyihalarda 18 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yangi turdagi mahsulotlari ishlab chivarish borasida:
Korxonalar tomonidan yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda jumladan:
- Yuqori raqamli (Ne- 80/1, 60/1, 50/1) sintetik (poliester) iplar ishlab chiqarish;
- Viskoza tolali aralash ip-kalavalar ishlab chiqarish ;
- Noto‘qima matodan tibbiy himoya mahsulotlari (bir martalik) ishlab chiqarish ;.
- Ko‘ylakbop va shimbop matolar (65% paxta, 35% poliester) ishlab chiqarish;.
- Aralash tolali gazlama (70% paxta, 30% poliefir) ishlab chiqarish;
- Jinsi matosi(75% paxta, 25% poliefir) ishlab chiqarish;
- Jun aralashmali mato ishlab chiqarish;
- Maxsus kiyim va formalar uchun aralash tolali matolar, issiqlikka chidamli aramid matolar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Ishlab chiqarishdagi ko‘shilgan qiymat zanjiri:
O‘tkazilgan taxlillarga ko‘ra ip kalavaga nisbatan ishlabchiqarilgan gazlama matoda 2,6 barobar, trikotaj matoda 1,4 barobar, paypok mahsulotlarida
1,3 barobar, kalgotkada 1,4 barobar yuqori ko‘shilgan qiymat zanjiri yaratiladi
Shuningdek, ip gazlamadan tikuv mahsulotga o‘tganda shu jumladan uy tekstilida 2,1 barobar, ustki kiyimda 2,4 barobar, boshqa tikuv mahsulotlarida 2 barobar ko‘shilgan qiymat xosil bo‘lmoqda, Trikotaj mahsulotlarida esa jumladan ichki kiyimda 1,4 barobar, Ustki trikotaj mahsulotlarda 1,8 barobar, bolalar trikotaji 2,5 barobar, boshqa trikotaj mahsulotlari 1,3 barobariga ko‘shilgan qiymat zanjirini yaratish imkoniyatlari yaratilmoqda
Bugungi kunda sohani rivojlantirish qaratilgan ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar:
- Eksportni keskin oshirish, milliy va xalqaro brendlarni rivojlantirish;
(Xorijiy xaridorlar uchun axborot portali, MFIlar eksportoldi moliyalashtirish mexanizmlari uchun reyting, YEI davlatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar)
- Investitsiyalar o‘zlashtirish, innovatsion mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab quvvatlash;
(texnoparklar, EIZlar, xalqaro va xorijiy moliyalashtirishni kengaytirish)
- Klaster asosida kooperatsiyani rivojlantirish, standartlashtirish va sertifikatlash tizimlarini joriy etib borish;
(Xalqaro sertifikatlash laboratoriyalari filiallarini ochish)
- Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
(Koreya, Turkiya, Xitoy, Bangladesh OTMlari filiallarini tashkil etish, Texnoparkni kuchaytirish, GIZ, KfW)
- Sohani boshqarishda AKTni rivojlantirish
(Komplayens tizimlari, korxonalar to‘g‘risida ma’lumotlar portali, reytinglar)
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




