O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi “2017 — 2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” PQ-2687 sonli qaroriga muvofiq, umumiy qiymati 1 223,3 mln dollarga teng 75 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj loyihalari ishga tushirildi. Loyihalarni amalga oshirish doirasida tarmoqda bandligi ta’minlangan 15 195 ta yangi ish kuchi yaratildi. 2017-2020 yillarda mazkur korxonalar tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan eksport hajmi 1 528,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich loyihalarning umumiy qiymatidan 25%ga ko‘p demakdir. Korxonalar tomonidan 2018-2020 yillarda byudjetga 1 051,1 mlrd.so‘mlik soliq tushumlari to‘lab berilgan.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, mazkur yillarda tarmoqda amalga oshirilgan 16 ta loyihalarga 173,9 mln. AQSh dollari qiymatidagi mablag‘lar O‘zbekiston taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan. Mazkur loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 2 820 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Loyihalar doirasida korxonalarning 2017-2020 yillardagi eksport ko‘rsatkichlari 307,4 mln.dollarni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich loyiha qiymatining 77% foizidan ortig‘iga tengdir. 2018-2020 yillarda korxonalar tomonidan byudjet g‘aznasiga 166,4 mlrd so‘mlik soliq tushumlari kelib tushgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




