O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 18 maydagi topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 27-29 may kunlari Buxoro viloyatidagi neft va gaz sanoati, yengil sanoat tarmog‘i, qurilish materiallari, qorako‘lchilik, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm sanoati yirik korxonalar ishtirokida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi.
Yarmarkaning asosiy maqsadi yirik tarmoq korxonalariga mahalliy kichik va xususiy biznes korxonalari tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berishda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishdan iborat edi.
Ushbu tadbirga yuqori darajada yondashildi va quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- To‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmat ko‘rsatish uchun import qilinadigan tovarlar ro‘yxati shakllantirildi;
- Viloyatda o‘tkaziladigan yarmarkaga 100 dan ortiq to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalari ishtiroki ta’minlandi, shu bilan birga qatnashuvchilar sanoatlar aro eng katta maydonni tashkil etdi;
- Hududiy korxonalar tomonidan 50 da ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi aniqlandi;
- O‘tkazilayotgan yarmarka doirasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzildi;
- To‘qimachilik sanoati va boshqa sanoat korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar qiymati: mahsulot sotish bo‘yicha 59,6 mlrd., mahsulot sotib olish bo‘yicha 52 mlrd.ni tashkil etdi;
- «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkillashtirishdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati hokimligi «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




