O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804 sonli «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faoliyatini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Olmazor yengil sanoat kollejida aholini band bo‘lmagan qatlami uchun turli kasb yo‘nalishi bo‘yicha qisqa o‘quv kurslari tashkil etildi. Xususan, «Tikuvchilik», «Buxgalteriya», «Ayollar sartaroshlik ishi» va «Kompyuter axborot texnologiyalari va WEBsayt yaratish» kasblari bo‘yicha hozirgi kunda o‘qitilmoqda. O‘qish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida o‘quv xonalari ta’mirlandi, zamonaviy o‘quv-jihozlar va texnikalari bilan jihozlandi.
Olmazor tumani Aholini bandligiga ko‘maklashish markazi bilan kollej o‘rtasida Olmazor tumanida istiqomat quluvchi, ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish maqsadida (21 ta) shartnoma tuzildi.
O‘quv kurslarini 9 ta guruh jami 78 nafar tinglovchilar (3 ta buxgalteriya, 3 ta «Kompyuter axborot texnologiyalari va WEBsayt yaratish», 1 ta «Ayollar sartaroshlik ishi» va 2 ta «Tikuvchilik» kasblari bo‘yicha) muvaffaqiyatli bitirdilar va sertifikat namunalari berildi.
Hozirgi kunda kollejda 12 ta guruh jami 151 nafar tinglovchi (5 ta buxgalteriya, 4 ta «Kompyuter axborot texnologiyalari va WEBsayt yaratish», 1 ta «Ayollar sartaroshlik ishi» va 2 ta «Tikuvchilik» kasblari bo‘yicha) tahsil olmoqda.
Joriy yilning 26 may kuni soat 10-00 da «Buxgalteriya» va «Kompyuter axborot texnologiyalari va WEBsayt yaratish» kasblari bo‘yicha muvaffaqiyatli bitirgan bitiruvchilarga sertifikat namunalarini berish taqdimotini o‘tkaziladi.
Ularga o‘z ishlarini mohir kasb egasi bo‘lishlari, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarini istab «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Olmazor tumani Aholini bandligiga ko‘maklashish markazi hamda axborot vosita vakillarni taklif qilingan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




