2021 yilning 11 may kuni “The Fashion Show Line 2021” modalar namoyishi doirasida o‘zbek milliy kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Milliy madaniyat va san’at zamonaviy o‘zbek modelerlari va dizaynerlari ishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.Aksariyat brendlar o‘zlarining to‘plamlarida milliy mavzulardan foydalanadilar.Bugungi kunda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblangan ayollar liboslariga, zamonaviy moda yo‘nalishlariga milliy qadriyatlarimizni singdirish, yoshlarda to‘g‘ri didni shakllantirish , vijdon va e’tiqod erkinligiga qat’iy amal qilgan holda “o‘zbek milliy modasi” ni yaratish soxa mutaxasislari va dizaynerlarning bilim va maxoratlariga bog‘lik ekanligi , ushbu xususiyatlar ayniqsa katta dolzarblik kasb etayotgani tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida qayd etildi.
17 may 2021 yili Toshkent shaxrida Zarqaynar majmuasida “Milliy an’analar –zamonaviy uslubda” deb nomlangan modalar namoyishi bo‘lib o‘tadi.”The Fashion Show Line 2021″- bu xar yili o‘tkazilayotgan, maxalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlashga hamda O‘zbekistonning milliy an’analari va madaniyatini saqlashga qaratilgan loyihadir.
Loyihaning maqsadi yosh dizaynerlar va kiyim ishlab chiqaruvchilarni birlashtirish va ular orasida sog‘lom raqobat xamda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.Podiumda O‘zbekistonning taniqli dizaynerlari,yosh dizaynerlar, ishlab chiqarish korxonasi dizaynerlari “pret-a-porte” va “Haute couture” yo‘nalishidagi liboslar kollektsiyalari bilan ishtirok etadilar.
.”The Fashion Show Line 2021″ tadbirining asosiy tashkilotchisi “Haidallimodels” agentligi raxbari Umide Xaidalli , xar bir to‘plamning namoyishi dizayner yoki brendning teatrlashtirilgan tarixi bilan birga taqdim etilishi xamda ishtirok etuvchi dizaynerlar ,brendlar, rejalashtirilgan konkurs va nominatsiyalar xaqida ma’lumot berdi, shuningdek, shou-tadbirda “Yilning eng yaxshi dizayneri” “Xalqaro darajadagi eng yaxshi dizayner”, “Yilning eng yaxshi butigi” “Yilning eng yaxshi modeli” va “nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanishi haqida ma’lumot berdi ”
Ishtirokchilar
@shaxzoda__muxammedova -, @javhari_uz brend ,
@artfesta_wedding-, @Marga -, @to.be_style –Brend, @lasposa & @mysignature_bride -, @tt_uzbekistan -, @womensecret_uzb , @balabala_uzbekistan, @bonito_kids, @ozoda_showroom
Homiylar
Bosh xomiy @seg_siruba Sewing Equipment Group Ishlab chiqarish korxonasi, @lifestylegroup.uzbekistan, @uzbpatriot.uz brendi
Hamkorlar
@uzbarmen , @bellarose_flowers_salon, @lelac_uz, @adelya.event, @gentlemans_mc, @laaprint, @bahrom_rasulov7, @magicstephan, @djyula, @elizaveta_shus
Bosh hamkor ”O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ”@uztextile_association
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT










