Yoshlarni qo‘llab quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zto‘qmachiliksanoat” uyushmasi tomonidan rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5989-sonli Farmoni 4-bandi hamda 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, liboslar dizayni va kollektsiyalarini ishlab chiqish hamda ularni tarmoq korxonalariga joriy qilish, ishlab chiqarish korxonalari va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchi – mutaxassislari o‘rtasida yagona onlayn platforma shakllantirish maqsadida, 05.05.2021 da Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti Dizayn fakulteti bitiruvchi talabalari hamda ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
Uchrashuvda korxona vakillar talaba yoshlarga ishlab chiqarish jarayoni, kadrlarga qo‘yiladigan talablar, bo‘sh ish o‘rinlari xaqida ma’lumotlar berishdi. Tadbirda quyidagi korxona rahbar va mutaxassislari ishtirok etdilar:
- “Istiqlol tekstil dizayn” MCHJ
- “Ariya Teks” MCHJ
- “Bonito kids” MCHJ
- “Bofanda” MCHJ
- “Muzraf teks” MCHJ
- Andijon viloyati “Mavjuda grant lyuks” MCHJ raxbari.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




