Bugun 23 aprel kuni Milliy matbuot markazida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raxbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari ijrosi, davlat dasturlarida doirasiga “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va tarmoq korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, sohadagi yangiliklar va istiqboldagi vazifalar bilan tanishishdi.
So‘ngi yillarda to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga Hukumat tomonidan soha tadbirkorlariga yaratilgan keng imkoniyatlar, investitsion muhitning yaxshilanishi va tashqi bozorlarga chiqishda olib borilgan siyosat va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan Rivojlanish strategiyasi asosiy omillaridan biri bo‘ldi.
Ayni damda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida 1970 dan ortik yirik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari qamrab olgan. Hozirda tarmoq korxonalarining respublika bo‘yicha umumiy soni 7000 ortiq. So‘nggi yillar mobaynida sohada keskin o‘garishlar ro‘y berdi va buning natijasida 3.2 mlrd.dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi, mahsulot eksporti 2.1 mlrd.dollarga yetkazildi, 360 mingdan ortiq kishi sohada faoliyat yuritib kelmoqda. Respublikaning barcha xududlarida to‘qimachilik korxonalari tashkil etilib iqtisodiyotning drayver sohalaridan biriga aylandi.
Olib borilgan chuqur islohotlar natijasida korxonalar to‘liq modernizatsiya qilindi va respublikada yetishtiriladigan paxta tolasini qayta ishlash 100% yetkazildi.
To‘qimachilik sanoati rivojlantirishda yangi vektor sifatida paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil qilindi va paxtadan to tayer mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarish zanjirini to‘liq qamrab olindi. Aynan klasterlar yordamida suv tejas va tomchilatib zug‘orish, eko paxta yetishtirish va sertifikatlash tizimlari keng joriy qilish boshlandi.
Isloxotlarni jadallashtirish va kadrlarni tayyorlash maqsadida Koreya Respublikasi xukumati tomonidan jalb qilingan grant evaziga O‘zbek-Koreya to‘qimachilik texnoparki tashkil etildi. Bu texnopark texnolog kadrlarni tayyorlash va yangi smart texnologiyalar orqali yangi turdagi mahsulotlarni yaratishga qaratildi.
Mahsulot sifati va tashqi bozorlarda xaridorligini oshirig maqsadida Germaniyaning tashqi xamkorlik jamiyati bilan birgalikda to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib chiqish va feshn inkubator dasturiga boshlandi. Bu o‘z navbatida YEI tomonidan O‘zbekistonga GSP+ preferentsiyalar tizimini berilganligi va mahsulot eksportini keskin oshirishda muhim omil bo‘lgan xalqao standartlarni korxonalarda joriy qilishni talab qiladi. Va ayni shu dastur doirasida Gollandiyaning Control Union setrifikatlash korxonasi tomonidan Uyushma bilan xamkorlikda keng ishlar olib borilmoqda.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Ijro apparati rahbari Djasur Rustambekov uyushma tomonidan 2020 yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan erishilgan asosiy ko‘rsatkichlari xaqida gapirdi.
Jumladan, Uyushmaga a’zo korxonalar tomonidan joriy yil yanvar-mart oylarida 252 ming tonna paxta tolasi o‘zlashtirildi.
Canoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 7,5 trln.so‘mni tashkil etdi (o‘sish sur’ati – 122,5 foiz).
Jumladan,
– ip kalava 169,4 ming tonna (o‘sish sur’ati – 106,9 foiz);
– ip gazlama 118,7 mln kv.metr (127,2 foiz);
– trikotaj mato 39,4 ming tonna (124,7 foiz);
– trikotaj mahsulotlari 112,6 mln.dona (110,6 foiz);
– paypoq mahsulotlari 63,5 mln juft (116,5 foiz);
– tikuvchilik mahsulotlari 120,2 mlrd.so‘m (109,3 foiz).
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 141,8 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahsulot tannarxini – 30,4 mlrd. so‘mga pasaytiriga erishildi.
Investitsiya dasturiga asosan 21 ta loyiha doirasida 54,2 mln.dollarlik (rejaga nisbatan – 186,2 foiz) mablag‘lar, shu jumladan, 49,2 mln dollar (10 ta loyiha, hisobot davri rejasiga nisbatan 244,3 foiz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
2021 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra, 648,1 mln.dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi (respublika eksportidagi ulushi 29 foiz) o‘tgan yilga nisbatan 143,5 foiz o‘sish sur’atlari ta’minlandi (2020 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra 452 mln.doll.). Shundan, mart oyida amalga oshirilgan eksport hajmi 243,5 mln.dollarni tashkil qilib, yanvar oyiga nisbatan 123,6 foiz o‘sishga hamda fevral oyiga nisbatan 117,6 foizga oshirilishi erishildi (yanvar fevral oylarida mos ravishda 197 va 207 mln. doll. tashkil etgan).
Uyushmaning Xududiy investitsiya loyixalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlihi o‘rinbosari D.Xabibullayev respublikaning turli viloyatlarida amalga oshirilgan ishlar xaqida so‘zlab berdi. Joriy yil 1-choragida Qashqadaryo viloyatida 2 ta yirik to‘qimachilik sanoati korxonalari foydalanishga topshirilishi natijasida 550 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida “Raw materials exclusive” MCHJ tomonidan 4,5 ming tonna ip kalava va Kitob tumanidagi “Kitob ip yigiruv” MCHJ tomonidan 7,0 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda respublikaning deyarli barcha hududlarida, shu jumladan olis va ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan hududlarida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi quvvatlari yaratilmoqda.
Ayniqsa xotin-qizlarning mehnat bilan bandligini ta’minlash uchun tikuv-trikotaj komplekslari barpo etilishi aholi zich yashaydigan hududlarda ularni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlaydi.
Jumladan, joriy yilning 1-choragida Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida “O-Mee Group” va Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Full cotton” korxonalari tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari chiqarish majmualari ishga tushirilishi natijasida 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, Jizzax shahridagi “Jizzax Kenteks”, Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Vobkent tola klaster”, Namangan viloyati Norin tumanidagi “Norin teks” loyihalari tomonidan jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy ip-yigiruv dastgohlari keltirilib, o‘rnatilishi hisobiga 900 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Ushbu loyihalar avvalo hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha yerning o‘zida to‘liq qayta ishlab, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarishni hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirilishiga imkon beradi.
D.Rustambekov soha yuuqlari haqida gapirar ekan o‘tgan chorakda oylik eksport 240 mln. dollardan oshirilishiga erishildi va rekord natijaga olib kelganini alohida ta’kidladi.
2021 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra, 648,1 mln.dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi (respublika eksportidagi ulushi 29%) o‘tgan yilga nisbatan 143,5 foiz o‘sish templari ta’minlandi (2020 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra 452 mln.doll.). Shundan, mart oyida amalga oshirilgan eksport hajmi 243,5 mln.dollarni tashkil qilib, yanvar oyiga nisbatan 123,6 foiz o‘sishga hamda fevral oyiga nisbatan 117,6 foizga oshirilishi erishildi (yanvar fevral oylarida 197 va 207 mln. doll. tashkil etgan).
Respublikada ishlab chiqarilgan jami to‘qimachilik va tiikuv-trikotaj mahsulotlari hajmining 56,1 foizi eksportga yo‘naltirilgan bo‘lsa qolgan qismi esa ichki bozorga yo‘naltirildi.
Amalga oshirilgan eksport mahsulotlari tarkibida kalava ip 54,1% (350,7 mln.doll.), gazlama mato 4,7% (30,2 mln.doll.), trikotaj mato 8,4% (54,4 mln.doll.), tikuv-trikotaj mahsulotlari 31,1% (201,4 mln.doll.), paypoq mahsulotlari 1,7% (11,2 mln.doll.).
Mahsulotlar jami 55 ta (2020 yil 50 ta) davlatlarga eksport qilingan bo‘lib , Rossiya – 33,8% (214 mln.doll.), Xitoy – 25,5% (165,6 mln.doll.), Qirg‘iziston – 13,1% (84,7 mln.doll.), Turkiya – 11,3 (73,6 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi. Ushbu davlatlarning ulushi jami eksportda 83%ga (537,9 mlrd.doll.) to‘g‘ri keldi.
Mahsulotlar eksporti shug‘ullangan sub’yektlarning soni 831 tani tashkil etib, 108%ga yoki 58 taga oshdi (2020 yil – 773 ta).
GSP+ preferentsiyalar tizimi – yangicha karash va yangi marralar
2020 yil yakuniga ko‘ra, Yevroma Ittifoqi mamlakatlariga
74,1 mln.dollarga teng 102-ta tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi o‘tgan yilga nisbatan 136,4 foiz o‘sish templari ta’minlandi (2019 yil yakuniga ko‘ra 53,3 mln.doll. tashkil etgan).
2021 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra, 27,5 mln.dollarga teng 71-ta tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi o‘tgan yilga nisbatan 148,7 foiz o‘sish templari ta’minlandi (2019 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra 18,5 mln.doll.).
Amalga oshirilgan eksport mahsulotlari tarkibida kalava ip 49,1% (13,5 mln.doll.), gazlama mato 21,9% (6 mln.doll.), trikotaj mato 16,7% (4,6 mln.doll.), tikuv-trikotaj mahsulotlari 11% (2,9 mln.doll.), paypoq mahsulotlari 1,3% (0,3 mln.doll.).
Mahsulotlar jami 16 ta Yevropa Ittifoqi davlatlarga eksport qilingan bo‘lib , Polsha – 56% (15,4 mln.doll.), Italiya – 19,1% (5,3 mln.doll.), Germaniya – 7,3% (2,0 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi. Ushbu davlatlarning ulushi jami eksportda 82,3%ga (22,7 mln.doll.) to‘g‘ri keldi.
Umumiy imtiyozlar (GSP+) tizimi tadbiq etilganda:
2021 yilda jami 142,1 mln.dollar miqdorida mahsulot eksporti amalga oshirilishi o‘tgan yilga nisbatan 191,8 foiz o‘sish templari ta’minlanishi;
2022 yilda jami 242,2 mln.dollar miqdorida mahsulot eksporti amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




