Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Toshkent viloyatida “Nafosat” festivali o‘tkazilmoqda.
Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Nafosat” festivali bo‘lib o‘tdi.
Unda Senat mutasaddilari, Komissiya a’zolari, Toshkent viloyati hokimligi mas’ullari, dizaynerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda jamiyatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalari davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganligini qayd etdi.
Festival doirasida dizaynerlar tomonidan yaratilgan kompozitsiyalar taqdimoti o‘tkazildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








