Joriy yilning 12 mart kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamda tarmoq korxonalari birgalikda “Confindustria Uzbekistan” prezidenti Luka Pikasso bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvdan ko‘zda tutilgan maqsad, Italiya umumiy sanoat konfederatsiyasi va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar olib borishdan iborat edi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Respublikamiz to‘qimachilik sohasining salohiyati yuzasidan so‘zlab o‘tildi, shuningdek, to‘qimachilik va tikuv – trikotaj mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi davlatlar orasida O‘zbekiston yuqori reytingga ega bo‘lib turganligi hamda eksport tovarlar nomenklaturasida ip – kalavadan tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda respublikamizda investorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Janob Luka Pikasso suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining to‘qimachilik sanoatida yaratilgan qulayliklarga qiziqish bildirdi. Jumladan:
- Bo‘yoq dastgohlarini ishlatish va laboratoriyasini tashkil etish;
- Sohada tajriba almashinuvini amalga oshirish uchun Italiyadan texnologik mutaxassislar jalb qilish va mahalliy kadrlarni malakasini oshirish uchun ko‘mak berish;
- Tikuv-trikotaj yo‘nalishida modani yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirib o‘tdi.
Janob Luka Pikasso suhbat so‘ngida uyushma tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan matolardan sotib olishga qiziqishi borligi va moda bo‘yicha ish olib borishini ta’kidlab o‘tdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




