Mamlakatimiz to‘qimachilik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24 fevral kuni «Svitanak» OAJ (Belorussiya) vakillari O‘zbekistonga korxona direktori Yuriy Lukashevich boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Belorussiya kompaniyasi vakillari tashrifining asosiy maqsadi to‘qimachilik sanoatining yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan ip kalava mahsulotlarini sotib olishdir. Shu munosabat bilan 26 fevral kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi mehmonlarni so‘ralgan mahsulotlar bilan batafsil tanishtirish uchun sanoat korxonalari bo‘ylab biznes-tur tashkil etishi belgilandi.
«Svitanak» OAJ «Bellegprom» kontsernining yetakchi korxonalaridan biri bo‘lib, 40 yildan ortiq vaqtdan beri trikotaj bozorida muvaffaqiyatli ishlamoqda. Kompaniyaning mahsulotlari paxtadan tayyorlangan trikotaj buyumlar va paxtaning polester, elastan, viskoza bilan aralashmasidan iborat. Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kompaniya faqat yuqori gigiyenik va mukammal iste’mol xususiyatlariga ega ekologik toza materiallardan foydalanadi. Kompaniya kattalar va bolalar uchun kiyim-kechak ishlab chiqaradi. Korxona mahsulotlari Rossiya, shuningdek, boshqa MDH mamlakatlarida, Germaniya, Italiya, Shveytsariya va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida yuqori sifatli va maqbul narxlari bilan qadrlangan.
Uyushmada o‘tgan Uchrashuv natijasida tomonlar o‘zaro manfaatli shartlar bo‘yicha keyingi muzokaralarni olib borish, ma’lumot almashish, shuningdek ip-kalava eksporti bo‘yicha mahalliy korxonalarning tijorat takliflarini yuborish to‘g‘risida kelishib oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




