O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq bilan muloqot qilishning yangicha tizimi – «mahallabay» asosda ish tashkil etish, shu orqali odamlarning dardu tashvishlariga quloq tutish hamda ularni hal etish lozimligi vazifasi qo‘yilgan.
Xususan, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan joylarda aholi vakillari bilan muloqot qilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Uyushmaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul xodimi Ahad Haqqulov hamda tuman hokimi Bahodir O‘roqov, prokuror Bekzod Haydarovlar boshchiligidagi ishchi guruhi Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66 ta mahalladan, Uyushmaga biriktirilgan 19 ta mahallada o‘rganish o‘tkazib, bu yerda istiqomat qilayotgan aholi muammolarini bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT






