O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida savdo va investitsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Yaponiyaning Rossiya va mustaqil davlatlar bilan hamkorlik tashkiloti “ROTOBO” tomonidan 2021 yil 15-19 fevral kunlari Yaponiyada Markaziy Osiyo virtual ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda (ko‘rgazma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin – https://www.rotobo-cavex.jp/ru/)
Virtual ko‘rgazma 2021 yil 15 fevral kuni ochilishi rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rgazmada Markaziy Osiyoning Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston davlatlari ham ishtirok etmoqda.
irtual ko‘rgazmani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad pandemiya sharoitida jaxonda ro‘y berayotgan iqtisodiy inqirozga qaramasdan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro savdo va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, Yaponiyaning yetakchi investitsion kompaniyalarini mamlakatimizga jalb qilish hamda Yaponiya bozoriga mahalliy mahsulotlarimizni eksport qilishga qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Ushbu virtul ko‘rgazmada O‘zbekistonning alohida virtual stendi tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamizning oziq-ovqat, tekstil sanoati va eletrotexnika sanoati bo‘yicha eksport hamda investitsion salohiyatini namoyish qilish maqsadida bir qator xo‘jalik birlashmalari va mahalliy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etmoqda:
- “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi;
- “O‘zeltexsanoat” uyushmasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
- “Great Rich” MCHJ (Andijon viloyati);
- “Livadiya Buxara” MCHJ – “Treasury of Avicenna” hamda “Good Fruits” milliy brendlari (Buxoro viloyati);
- “Bukhara Cotton Textile” MCHJ – “BCT DENIM DEVISION” milliy brendi (Buxoro viloyati);
- “Agricultural Eksports Development” MCHJ – “GOLDEN BEANS” milliy brendi (Buxoro viloyati);
- “Aziya Fruits Garden” MCHJ QK (Buxoro viloyati);
- “Art soft holding” MCHJ – “Art soft holding” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Nafis tex group” MCHJ – “Nafis tex group” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Asror tekstil sanoat” MCHJ – “D.Maretti” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Ideal Tekstil Orzu” MCHJ – “Ideal” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Lyuks plus servis” MCHJ – “Vakkoni” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Agro Eksim Gold” MCHJ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
- “Daka Teks” MCHJ – “Daka Tex” milliy brendi (Samarqand viloyati);
- “Sardoba Tekstil” – “Sardoba Tekstil” milliy brendi MCHJ (Sirdaryo viloyati);
- “Sarbonteks” MCHJ QK (Sirdaryo viloyati);
- “UZ-Segang” MCHJ QK – “UZ-Segang” milliy brendi (Farg‘ona viloyati);
- “Yaskanamu Future” MCHJ – “YSK” milliy brendi (Toshkent shahri);
- “CRAFERS” MCHJ – “CRAFERS” milliy brendi (Toshkent shahri).
Mazkur virtual ko‘rgazma doirasida respublikamiz tadbirkorlik sub’yektlarining milliy brendlarini Yaponiyadagi salohiyatli xaridorlar, tijorat kompaniyalari va iste’molchilar e’tiborini qozonish, yapon bozoriga milliy mahsulotlarni kirishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekistonda milliy brendlar ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Yaponiyada o‘z xaridorlariga ega bo‘lishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish ko‘zlanmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




