«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Respublikamiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ko‘p yillik samarali mehnati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki bilan yurt ravnaqi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan to‘qimachilik sanoati korxonalarining eng namunali xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash yuzasidan takliflar tayyorlanmoqda.
Davlat mukofotlariga tavsiya qilinayotgan har bir nomzodni tanlashda adolat, xolislik va qonuniylikni ta’minlash hamda tegishli mehnat jamoalarining fikrini inobatga olgan holda, har tomonlama munosib bo‘lgan nomzodlarni tavsiya qilishga alohida e’tibor berilishi lozim.
Siz rahbarlik qilayotgan korxona faoliyatiga salmoqli hissa qo‘shayotgan to‘qimachilik va jamoat tashkilotlarining eng namunali xodimlari nomzodlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida Uyushmaning Kadrlar boshqarmasiga ❗️2021 yil 20 martgacha viloyat va tuman hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda taklif kiritishingizni so‘raymiz.
Ma’lumot uchun telefonlar:
☎️ (71) 202-22-44 (ichki 147), 90 976 31 72
📩 E-mail: s.odinayev@uzts.uz
👤 Odinayev Sardor Raximjanovich
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




