«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi otalig‘idagi 127 o‘rta maktabda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlandi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi boshchiligida amalga oshirilgan ushbu tadbirda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanining 319, 48 va anjumanning mezboni bo‘lgan 127 maktablarining o‘quvchilari atoqli arbob asarlaridan sahnalashtirilgan teatr tomoshalarini namoyish etdilar. Anjumanni kirish so‘zi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining dotsenti Rafiq Zaripov ochib berdilar.
Sahna chiqishlari tomoshabinlarni chuqur e’tiborini jalb etib, betakror qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi xodimlari va Yakkasaroy tumani xalq ta’limi bo‘limining mas’ul vakili ishtirok etdilar. Barcha jamoalarning sayiharakatlari va ularga yetakchilik qilgan ustozlarinig xolisona mehnati bayram mehmonlari tomonidan yuqori baholanib iliq qarshi olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




