Festival doirasida Andijon davlat universitetida aholi va yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda “Yosh dizaynerlar kengashi” vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Ishchi guruh a’zolari qo‘l mehnati ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Qolaversa, tadbirda qizlarga kiyinish madaniyati to‘g‘risidagi savollarni o‘zida jamlagan anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.
Bundan tashqari, festival doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mutaxassislari tomonidan yosh dizaynerlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi.
Shu bilan birga, festival doirasida Izboskan tuman hokimligida “Yoshlar modasi, an’analar va zamonaviy yo‘nalishlar” mavzusida so‘rovnoma hamda “Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




