«Bahodir Log‘on» paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli mazkur shirkat yiliga 10 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Yaponiya, Turkiya, Germaniya va Shveytsariyadan uskunalar keltirib o‘rnatilib, ip-kalava va mato ishlab chiqarish, mato bo‘yash yo‘lga qo‘yilgan. 480 kishining bandligi ta’minlangan, shundan 300 nafari yoshlar.
Bu birinchi bosqich bo‘lib, 2022 yilda ikkinchi bosqichni amalga oshirish rejalashtirilgan. Uning natijasida 1 ming 800 ta yangi ish o‘rni yaratib, eksport salohiyatini 16 million dollardan oshirish maqsad qilingan.
Davlatimiz rahbari xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, eng muhimi, bozor topish zarurligini ta’kidladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




