Ushbu yig‘ilishda yosh xodimlarning o‘z kasbiga bo‘lgan hurmati, hamda bajarayotgan vazifalariga nisbatan mas’uliyatlarni tubdan his etish, jiddiy yondashish, yangi innovatsion g‘oyalarni erkin taklif qilish, o‘z ustida ishlash, maqsad sari intilish, oratorlik qobiliyatiga ega bo‘lish davra suhbati o‘tkazildi. Inson hayoti davomida moliyaviy ehtiyojini qondirish maqsadida ish yuritishi, bu majburiyat emas balki yashash tarzi, insoniylik xislati, xar bir shaxs jamiyatning bir qismi ekanligi aytib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida xodimlarning ma’naviy dunyo qarashini kengaytirish maqsadida, Toshkent shahrida joylashgan muzeylarga sayohat uyushtirish;
Xodimlarning ingliz tilida erkin so‘zlashishi to‘g‘risida chora tadbir dasturi ishlab chiqilishi, yoshlar o‘rtasida “Speaking club” tuzilib vaqti vaqti bilan “coffe break” tanaffuslari o‘tkazish;
Uyushma yoshlari boshchiligida haftada bir marotaba stol tennisi musobaqalari o‘tkazish;
Uyushmadagi mavjud barcha yosh xodimlarni (qaysi bo‘limda ishlashidan qat’iy nazar) to‘qimachilik jarayonlarini joylarga chiqib o‘rganish maqsadida, viloyatlarda joylashgan korxonalarga tashrif buyurish kabi topshiriqlar uyushmaning malakali va yuqori tajribaga ega xodimlariga yuklatildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




