Viloyatda 420 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, yiliga 63,4 ming tonna ip kalava, 205,5 mln.kv.m.ip gazlama (respublikada eng ko‘p), 3,4 ming tn. trikotaj mato va momiq mato, 1,7 mln.juft paypoq mahsulotlari, 30,1 mln.dona tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega hamda mavjud ish o‘rinlari 18 700 tani tashkil etadi.
2020 yilda 13 ta korxona tomonidan 50,5 ming tonna paxta tolasi qayta ishlanib, 62 ta korxona tomonidan 79,0 mln.dollar mahsulot eksporti amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatida aralash ip kalava, aralash ip gazlamalar, djins gazlama, ko‘ylakbop gazlamalar hamda gazlamaga gul bosishning o‘ziga xos maktablari yaratilgan. Bugungi kunda viloyatda 205,5 mln.kv.m. ip gazlama ishlab chiqarishning quvvatlari yaratilgan bo‘lib, respublikada (717,0 mln.kv.m.) ishlab chiqarilayotgan ip gazlamaning 30% qismini tashkil etadi hamda birinchi o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga ko‘ra, 2019-2021 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 382,4 mln.doll. bo‘lgan 33 ta yirik loyihalarda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
2019-2020 yillarda qiymati 150,3 mln. dollar bo‘lgan 17 ta loyiha, jumladan Buxoro shahrida “BCT Cluster” MCHJ MCHJ (9,1 ming tn. ip kalava, 12,0 mln.kv.m. ip gazlama, 1,5 mln.dona djinsi mahsulotlari), “Nigora” MCHJ (500,0 ming dona tayyor mahsulot), “Uz prom textile” MCHJ (2,5 mln.kv.m. ip gazlama), “Delyuks Fabrik” MCHJ (5,0 mln.kv.m. ip gazlama), “Zamon Teks” (5,0 mln.kv.m. ip gazlama), Olot tumanida “Merganteks” MCHJ (3,8 ming tn. aralash ip kalava), Qorako‘l tumanida “Qorakul Asaka tekstil” MCHJ (5,0 ming tn. ip kalava) va “Qorakol Kumush Kalava” MCHJ (5,1 ming tn. ip kalava), “PKP Plastekstorg” MCHJ (3,0 mln.kv.m ip gazlama), G‘ijduvon tumanida “Buxoro Fayz tekstil” MCHJ (2,8 ming tn. ip kalava) korxonalari ishga tushirildi. Natijada ushbu loyihalarda 2760 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 232,1 mln.dollar bo‘lgan 16 ta loyihalar – Buxoro shahrida “Nigora” MCHJ (1,0 ming tn. bo‘yalgan kalava ip, 5,0 mln. kv. m. tayyor ip gazlama), G‘ijduvon tumanida “Buxoro Fayz tekstil” MCHJ (8,0 mln.kv.m. ip gazlama), Vobkent tumanida “Vobkent tola klaster” (9,9 ming tonna ip kalava), Romitan tumanida “WBM Romitex” (22,0 ming tn ip kalava, 20,0 mln.kv.m. djinsi mato, 20,0 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari) va boshqa loyihalarni ishga tushirish choralari ko‘riladi.
Dastur amalga oshirilishi natijasida, hududda ip kalavani 60,0 % qayta ishlanadi, 97,0 ming tonna ip kalava, 269,0 mln.kv.m. ip gazlama (1,3 barobar), 3,4 ming tonna trikotaj mato, 63,6 mln.dona tayyor tikuv mahsulotlari (2,1 barobar) ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda hamda 5560 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi va sohaning eksport salohiyati qo‘shimcha 59,9 mln. dollarga oshirilishi kutilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




