Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “OQTOSH TEKSTIL” MCHJ tomonidan yillik quvvati 3,2 ming tonna momiq sochiq va momiq xalat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etib, amaldagi quvvatlarni 5,3 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar loyiha tashabbuskorining 3,5 mln.dollar o‘z mablag‘lari hisobidan kommunikatsiya tarmoqlari tortilib, to‘quvchilik, tikuvchilik va omborxona binolari qurib bitkazildi.
Shuningdek, “OQTOSH TEKSTIL” MCHJ hamda Italiyaning “ITEMA” kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 6,0 mln.dollarlik uskuna jihozlar sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolangan bo‘lib, avans tariqasida korxona tomonidan 1,5 mln.dollar o‘z mablag‘lari o‘tkazib berilgan. Loyiha umumiy qiymati 9,5 mln.dollarni tashkil etadi
Loyiha 2021 yilning 4-choragida ishga tushirilib, 600 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda yillik qo‘shimcha 5,0 mln.dollarlik tayyor mahsulotlar xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltiriladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT






