🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 1,7 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
❗️Shu o‘rinda qayd etib o‘tish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining to‘qimachilik mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichlarida o‘zaro farq borligi ta’kidlandi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida 10 oy yakuni bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,5 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lib, bunda barcha turdagi to‘qimachilik mahsulotlari nazarda tutilgan. Davlat bojxona qo‘mitasi 11 oy yakuni bo‘yicha e’lon qilgan ma’lumotlarda to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor kiyim-kechak mahsulotlari kiritilmagan.
✅ O‘zbekiston 1 dekabr holatiga, 69 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 225,8 mln. AQSh dollariga oshgan.
✅ O‘tgan 11 oy mobaynida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 596,8 mln.
Xitoy – 370,4 mln.
Qirg‘iz R. – 248,8 mln.
Turkiya – 189,6 mln.
Polsha – 40,1 mln.
Qozog‘iston – 38,4 mln. AQSh dollari
✔️2020 yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 270,9 mln.
Andijon viloyati – 236,8 mln.
Farg‘ona viloyati – 227,8 mln.
Toshkent viloyati – 219,1 mln. AQSh dollari
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




