Muzokaralarda davomida umumiy sug‘urta bozorida o‘z faoliyatini olib borish va sug‘urta faoliyatiga ko‘ra mavjud sug‘urta xizmatining turlarini kengaytirish va o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha kelishib olindi.
Jumladan, kompaniya tomonidan quyidagi sug‘urtalash turlari taklif etildi:
milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy sheriklar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kreditlar ajratuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tijorat banklariga eksport kreditlarini sug‘urta qilishning xalqaro printsiplariga muvofiq sug‘urta kafolatlari berish;
milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tahlil qilish hamda texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro bozorlarga kirib borish strategiyasini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy va mamlakatimiz investorlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kompleks sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
xalqaro, chet el, mamlakatimizning davlat va xususiy sug‘urta tashkilotlari bilan bevosita hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi sug‘urtaviy faoliyatni va qayta sug‘urta qilish operatsiyalarini amalga oshirish.
Kelajakda rivojlanish strategiyasi – korporativ va xususiy sug‘urta bozorida o‘z mavqeyini mustahkamlash, eksport-import sug‘urtasini jadallashtirish, sug‘urtada innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, mijozlar bilan aloqa o‘rnatishga alohida yondashish, bunda sug‘urtaga oid masalalarni hal etishda har bir Sug‘urtalovchiga yuqori darajada e’tibor berish.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




