Joriy yilning 24 oktyabr kuni, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan tikuv-trikotaj sohasi korxonalarining faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan videokonferensaloqa yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 20 ga yaqin tikuvchilik korxonalari hamda ushbu sohada katta tajribaga ega Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan “Best Color Textile«, »Betlis Tekstil«, »Sirdaryo Best Fashion«, »Pronto Textile«, »Elegant Garment Textile«, »Istiqlol Textile Dizayn«, »Shofirkon Ekvatorial Teks«, »Xoʼjaobod Fayz-M” va shu kabi 10 dan ortiq yirik tikuv-trikotaj korxonalarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Orolbo‘yi hududida joylashgan tikuvchilik korxonalari bilan o‘zaro kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, buyurtma bilan ta’minlash, mutaxassislar malakasini oshirish, ichki hamda tashqi yangi bozorlarga chiqish va shu kabi boshqa masalalar muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishlarda doimiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




