“Baoyu” tikuv mashinkalari ishlab chiqarish kompaniyasining Nukus shahrida joylashgan dillerlik markazi tomonidan mazkur texnologik uskunalardan foydalanishni o‘rgatuvchi hamda tikuvchilik kasbiga tayyorlovchi o‘quv markazi tashkil etildi.
Ushbu o‘quv markazidagi mashg‘ulotlar xotin-qizlarga 1 oy davomida bepulga tikuvchilik kasbini puxta o‘rgatishni maqsad qilgan. Kursni birtirganlarga sertifikat topshiriladi.
Shuningdek, o‘quv kursini muvaffaqiyatli darajada o‘zlashtirgan bitiruvchilarga mukofotlar ham berilishi ko‘zda tutilgan.
Agar sizda ushbu kursda o‘qish istagi bo‘lsa +998 90 575 9571 raqami orqali batafsil ma’lumotlar olishingiz mumkin.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




