Xalqaro Mehnat Tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha byuro ekspertlari ishtirokida Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva tomonidan tasdiqlangan reja jadvalga muvofiq “O‘zbekistonda mavsumiy ishchilarni adolatli ishga yollash” mavzusida davlat tashkilotlari rahbarlari, fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klesterlari, rahbarlari, adliya organlari xodimlari, Davlat mehnat inspektsiyasi xodimlari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillarini jalb qilgan holda joriy yilning 24 avgustidan 2 sentyabrga qadar Farg‘ona, Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Bunda majburiy mehnatni oldini olish, ya’ni paxta yig‘im-terimi ishlarini faqatgina paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan joylardagi jamoat tashkilotlari ko‘magi asosida amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu ishlarga mahalliy ijro hokimiyati vakillari aralashuvining oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur treninglarni yakuni bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda onlayn davra suhbati tashkil etdi. Ushbu tadbirda vazirlik xodimlari, Adliya vazirligi vakillari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston kasba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari qatnashdi.
Yig‘ilishda, shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkiloti mutaxassislari Anastasiya Dubova, Burchu Kugu Bolak va Alpay Chelikellar ishtirok etdi. Ular O‘zbekistonda mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishchilarini adolatli ishga yollash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan seminar natijalari va ularga asoslangan holda takliflar bildirdi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro normalarni milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish maqsadida bugungi kungacha Xalqaro mehnat tashkilotining 17 ta konventsiyasi va 1 ta bayonnomasini ratifikatsiya qilgan, shundan 8 tasi asos soluvchi konventsiyalardir.
Hozirda Xalqaro Mehnat Tashkilotining 4 ta konventsiyasini ratifikatsiya qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. (17 – Mehnat qiluvchilarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarda zararni qoplash to‘g‘risida, 183 – Onalikni muhofaza qilish, 187 – Mehnat xavfsizligi va gigiyenaga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risida, 167 – Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risida)
Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikning muhim yutuqlari qatorida Xalqaro Mehnat tashkilotining 144-sonli konventsiyasi, ya’ni uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi ) Konventsiyasining ratifikatsiya qilinishidir.
O‘zbekistonda Munosib mehnat dasturini amalga oshirish Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekistondagi uch tomonlama hamkorlari tashabbusi orqali boshlangan. Dasturni amalga oshirish bo‘yicha bo‘yicha ustuvorliklar, kutilayotgan natijalar va rejalar manfaatdor tomonlar va Xalqaro Mehnat Tashkiloti texnik ekspertlari o‘rtasidagi masluhatlashuvlar orqali ishlab chiqilgan va kelishilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat Tashkiloti o‘rtasida 2014–2016 yillar uchun Munosib mehnat dasturi qabul qilingan hamda 2020 yilga qadar uzaytirilgan.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




