O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari A. Kamalov va «Hyundai C Square Co., Ltd.» kompaniyasining katta ijrochi direktori Kim Sungyun o‘rtasida videokonferentsiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, shuningdek, “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direktori B. Qodirov va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining mas’ul xodimlari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Dunyo muxbiri.
Tomonlar “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududida avtomatlashtirilgan zamonaviy uskunalarni joriy etish orqali, MB (melt-blown) KF94 filtrli tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashdilar,
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning taxminiy hajmi 30 million dollarni, yillik ishlab chiqarish hajmi 62,5 million niqobni tashkil etadi.
Janubiy Koreya tomoniga “Nukus” EIZ hududida yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha «Hyundai C Square Co., Ltd.» tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish shartlarini o‘rganish va kelgusida muhokama qilish uchun batafsil investitsion taklifni tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




