To‘qimachilik korxonalarini koronavirus pandemiyasi ta’siri oqibatlarini yengib o‘tishda qo‘llab-quvvatlash hamda ularni raqobatbardoshligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 mayda «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5989-sonli Farmoni imzolandi.
Ushbu Farmonga muvofiq mahalliy korxonalarga paxta tolasi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotilishi belgilab qo‘yildi.
Shu bilan birga, mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytirildi.
Bu o‘z navbatida, to‘qimachilik korxonalarini 277,1 mlrd.so‘m miqdordagi paxta tolasi xaridi uchun yakuniy hisob-kitoblarni 150 kunga uzaytirishga, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini beruvchi xomashyo bazasini shakllantirishga imkoniyatini yaratdi.
May oyining keyingi ikki o‘n kunligida birja savdolarida 28,9 ming tonna 2019 yil hosili paxta tolasini o‘zlashtirilgan hamda yanvar-avgust oylari 527 ming tonna paxta tolasi (o‘tgan yilga nisbatan 104,2%) o‘zlashtirilishi kutilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




