O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi PF-5996-sonli Farmoniga asosan yuridik shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha joriy yilning 1 iyuniga qadar:
– 2020 yil uchun taqdim etilgan yer solig‘i hisob-kitobi;
– 2020 yil uchun mol-mulk solig‘i joriy to‘lovi ma’lumotnomasida soliq imtiyozini qo‘llagan holda elektron tarzda aniqlashtirilgan hisobot (ma’lumotnoma) taqdim qilishingiz lozim.
Soliq imtiyozlarini qo‘llagan holda aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etish yuzasidan ishlab chiqilgan qo‘llanmadan foydalaning.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrga qadar:
– kichik tadbirkorlik sub’yektlari;
– bozorlar va savdo komplekslari;
– kinoteatrlar;
– umumiy ovqatlanish korxonalari;
– jamoat transporti korxonalari;
– sport-sog‘lomlashtirish muassasalari;
– yo‘lovchi tashish;
– maishiy xizmatlar ko‘rsatish;
– binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijara berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




