Avval xabar berganimizdek, respublikada ishlab chiqarilgan himoya niqoblari to‘qimachilik korxonalari tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Frantsiya kabi davlatlarga eksport qilina boshlangan edi.
Endilikda, yurtimizda ishlab chiqarilgan niqoblarni AQSh bozorlarida ham topish mumkin.
“XOʻJAOBOD FAZO” MCHJ tikuv fabrikasi 2006 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Umumiy maydoni 2000 kv.m bo‘lgan ishlab chiqarish fabrikasi Andijon viloyati Xonabod tumanida joylashgan bo‘lib, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda Yaponiya, Germaniya, Turkiya da ishlab chiqarilgan to‘qimachilik uskunalaridan foydalaniladi.
O‘zbekistonda mavjud koronavirus pandemiyasida davrida fabrikada himoya niqoblarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Hozirgi kunda ichki bozorda himoya niqoblariga bo‘lgan talab qondirilganligi hamda ushbu turdagi mahsulot narxi barqarorligi hisobga olib korxona tomonidan mazkur turdagi mahsulotlarni aprel oyida Nyu-Yorkning STARKO TEXTILE kompaniyasiga eksport qilina boshlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




