Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish bo‘yicha hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish
QO‘LLANMASI
1. Elektron soliq xizmatlari portali – my.soliq.uz.orqali soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kiriladi.

2. Hisobotlarni elektron yuborish bo‘limidan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlari” tanlanadi.

3. Ushbu bo‘limdan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkasi bo‘yicha ortiqcha summani qaytarish” tanlanadi.

4. Nizomning 1-ilovasi Ariza shakli ko‘k rangdagi qatorlar, ya’ni davr, summa (son bilan va so‘z bilan) belgilangan tartibda to‘ldiriladi.

5. Nizomning 2-ilovasi “Tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta kelib tushganligi to‘g‘risida ma’lumot” shablonni yuklab olish orqali to‘ldiriladi.

6. Shablon yuklab olingandan so‘ng, ilova shakli belgilangan tartibda to‘ldirilib, saqlanadi va “Faylni tanlang” tugmasi orqali saqlangan fayl biriktiriladi. Nizomning 3-ilovasi “Yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha yagona xalqaro tashish hujjatlari REYESTRI” ham huddi shu tartibda biriktiriladi.
7. Nizomning 4- va 5-ilovasi “Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining HISOB-KITOBI” va “Suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va sanitariya tozalash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi kommunal korxonalarning bank hisobvarag‘iga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining HISOB-KITOBI” shaklining ko‘k rangdagi qatorlari to‘ldiriladi.

8. Ilova shakllari to‘ldirilgandan so‘ng, “SAQLASh” va “JO‘NATISh” tugmalari bosiladi.

O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



