Sardobada suv omboridan suv sizib chiqishi oqibatida 11 mingdan ziyod aholi boshpanasiz qolgan. Zarar yetgan uylarni tiklash va talofat oqibatlarini oldini olgunga qadar aholini Sirdaryo viloyatining turli tumanlariga evakuatsiya qilingan.
“Arnasoy Gold Tex” korxonasi vakillari birinchi kunning o‘zida talofat joyiga yetib borgan va 600 ta oilani Arnasoy tumanida joylashgan kollejga hokimiyat vakillari bilan birgalikda joylashtirilgan.
Hozirda, ushbu aholini “Arnasoy Gold Tex” MCHJ o‘z homiyligiga olgan va oziq-ovqat va zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlar bilan ta’minlayotgani ma’lum qilindi.
Barcha to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini ushbu tashabbusga qo‘shilishga chaqiramiz
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




