Xabaringiz bor, joriy yilning 30 martdan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlararo transport qatnovi koronavirus pandemiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Respublika Maxsus Komissiyasining Qaroriga ko‘ra tibbiy himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar maxsus stiker orqali avtotransportdan foydalanish huquqiga ega.
“O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi himoya vositalarini ishlab chiqarishda uzilishlar oldini olish hamda Davlat xizmatlari markaziga ko‘plab korxonalardan arizalar kelib tushganini hisobga olgan holda Uyushma tarkibiga kiruvchi yirik to‘qimachilik korxonalari va monitoring qilinayotgan tibbiy himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yxati shakllantirib ularga ishchi xodimlarni tashish uchun belgilangan avtotransportlarga maxsus stiker olish uchun Adliya Vazirligiga tegishli murojaatlarni yubormoqda.
‼️Shuni ta’kidlash kerakki, Uyushma maxsus stiker berish vakolatiga ega emas.
Avtotransport vositasiga ruxsatnoma berish yoki bermaslik Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasida.
Agarda Sizning korxonangizda shunday muammo mavjud bo‘lsa Siz avvalo Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.
Uyushma o‘z navbatida korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun uyushmaning info@uzts.uz elektron manziliga kelib tushgan arizalar asosida Adliya Vazirligiga tegishli ravishda murojaat qilishga tayyor.
Hurmatli tadbirkorlar!
Maxsus stikerlar avvalo, korxona ishchi xodimlarini ishga kelib ketishini ta’minlash uchun beriladi, korxona xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari uchun belgilanmagan.
Bu cheklovlar vaqtinchalik bo‘lib, yurtimizda virusning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘rnatildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




