“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Djumaniyazov Muxammadjon Baxromovich hamda Better Cotton Initiative (BCI) operatsion direktori Lena Staafgord va O’zbekistondagi menejeri E. Gorbunova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda barqaror paxtachilik tamoyillarini keng joriy etish bilan bir qatorda, qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliy korxonalarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda Yevropa mamlakatlariga eksport hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌐Uchrashuv yakunida yangi klasterlarni loyihaga jalb qilish, dasturni kengaytirish va barqaror ishlab chiqarish tamoyillarini keng joriy etish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Better Cotton Initiative dasturi O‘zbekistonda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqaror paxta yetishtirishni rivojlantirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda yurtimiz to‘qimachilik sanoatining xalqaro ta’minot zanjirlariga integratsiyalashuvini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




