2023-yil 7-9-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan To‘qimachilik xavfsizligi bo‘yicha anjuman davomida Amerika kiyim-kechak va poyabzal uyushmasi (AAFA) tayyor mahsulot uchun barcha taqiqlangan va cheklangan kimyoviy moddalar, poyabzal, aksessuarlar va uy to‘qimachilik to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni o‘z ichiga olgan Cheklangan moddalar ro‘yxatining (RSL) 23-nashrini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat ilk bor kimyoviy sinf sifatida per- va poliftoralkil moddalar (PFAS) bo‘yicha cheklovlarni o‘z ichiga oldi.
AAFA vitse-prezidenti Neyt Xerman shunday dedi: “Brendlar o‘z mijozlari bilan ishonchga asoslangan munosabatlarga ega. Kiyim va poyabzal iste’molchilar uchun xavfsiz ekanligiga ishonchga asoslangan kafolat. RSL AQSh ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlaridan xavfli deb topilgan barcha moddalarni yo‘q qilishlarini ta’minlash uchun ishonchli yechim taklif qiladi.
Shuningdek, AQShning iste’mol mahsulotlari xavfsizligi komissiyasi (CPSC) vakillari hozirda Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqaruvchilar va eksportchilardan bolalar mahsulotlari uchun xavfsizlik sertifikatini berishni talab qiluvchi qonun mavjudligini ta’kidladilar, bu sertifikat har bir mahsulot yoki mahsulot partiyasini kuzatib borish kerak.
Ushbu majburiyatlarga rioya qiladigan brendlar orasida Big 5 Sporting Goods, Patagonia, Inc, SPARC Group LLC, Canada Goose, Carhartt, Costco Wholesale, Walmart va boshqalar kiradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




