Andijon viloyati respublikamizning xar tomonlama iqtisodiy va ijtimoiy rivojlangan viloyatlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda tadbirkorlik keng rivojlangan bo‘lib, to‘qimachilik sanoati yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Hozirda viloyatda 700 dan oshiq to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 60 mingdan ziyod aholi ish bilan ta’minlagan. Korxonalar tomonidan 2019 yilda jami 240 mln.dollarlik eksport amalga oshirilgan.
2019 yilda viloyatda umumiy qiymati 69,2 mln.doll. bo‘lgan 10 ta investitsion loyiha amalga oshirildi va 2875 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Viloyatda “Nil granit” (Samo brendi), “Barchinoy” MCHJ, “Milana tekstil”, “Marjan investment”,“Xanteks Grupp”, “Bubor M&F” kabi yirik to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Viloyat paxta-to‘qimachilik klasterlarini faoliyatini tashkil etish bo‘yicha xam ilg‘orlardan biri bo‘lib, hozirda viloyatning 14 ta tumanida 12 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari va 11 paxta tozalash zavodlari tashkil etilgan, ularda 2 mingdan ziyod ishchi o‘rinlari yaratilgan. 2020 yilda viloyatdagi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi klasterlari tomonidan 79,4 ming gektar yer maydonda 251,7 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirilishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun 776 ta texnika sotib olingan.
Andijon viloyatida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib, 2020 yilda quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, viloyatdagi 24 ta to‘qimachilik korxonalari tomonidan 2020 yil davomida 105,0 ming tonna paxta tolasi xarid qilinib, qayta ishlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu 2019 yilga nisbatan 1,1 barobarga oshishi ta’minlanishi kuzda tutilgan.
2020 yil viloyatda sohaning eksport salohiyatini 439,4 mln. dollarga yetkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2019 yilga nisbatan 1,8 barobarga o‘sishi kutilmoqda.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida 2020 yil davomida umumiy qiymati 106,0 mln.dollar bo‘lgan 13 ta loyiha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida hududda ip kalavani 72,0 % qayta ishlanadi, 135,8 ming tonna ip kalava, 75,3 mln.kv.m. ip gazlama (1,9 barobar), 253,5 mln.dona tayyor tikuv mahsulotlari (1,4 barobar), 68,0 ming tonna trikotaj mato (1,8 barobar) ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda hamda 3700 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi va sohaning eksport salohiyati 169,0 mln. dollarga oshirilishi kutilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




