Bishkek shahrida o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston-Qirg‘izston biznes forumi O‘zbekiston Respublika Prezidenta Sh.M.Mirziyeyevning Qirg‘izistonga Davlat tashrifi oldidan tashkil etilib, unda bir qator ikki davlat manfaatlariga teng xizmat qiluvchi kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarov boshchiligidagi to‘qimachilik sanoati delegatsiya biznes forumda ishtirok etib, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati rivojlanish istiqbollarini namoyish etdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida mavjud imkoniyatlardan keng foydalangan holda bir qator loyixalar, jumladan, qo‘shni davlatda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishga tushishrish taklifi berildi.
Forum yakuni bo‘yicha Namangan viloyatidagi yirik “Art Soft Holding” kompaniyasi va Qirg‘iziston xukumati o‘rtasida Jalolobod viloyatida qiymati 30 mln.dollarga teng yangi investitsion loyihani ishga tushirish yuzasidan Kelishuvga qo‘l qo‘yildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




