“The Apparel Digest” ning aprel oyi nashrida xozirgi vaqtda ish beruvchilar uchun ustuvor bo‘lgan xavfsizlik va barqarorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Birinchi maqolada “Barqarorlik. RMG sektorining navbatdagi o‘sish drayveri” (1-bet) karbonat angidrid chiqindilarini hamda to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoatida tabiiy resurslardan foydalanishni kamaytirish masalalarini tahlil qilinadi. Bunda, BARQARORLIK biz uchun katta tahdid va butun dunyo hayoti uchun xavfga aylangan iqlim o‘zgarishi va global isish oqibatlarini oldini olish maqsadida ushbu sohadagi biznesning markazi sifatida ko‘riladi.
Keyingi maqola, “Xavfsiz ish joyini ta’minlash uchun ishchilar huquqi va imkoniyatlarini kuchaytirish” (4-bet), 2013 yil 24 aprelda beshta tikuvchilik fabrikasining qulashi oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘lgan va 2500 dan ortiq jarohat olgan – dahshatli fojia hikoyasi orqali to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoati ishchilarining mehnat xavfsizligiga e’tibor qaratishga undaydi. Bu masala AQSh va YEI davlatlari nuqtai nazaridan mehnat sharoitlari holatini tahlil qilgan “Yevropa Ittifoqi va AQSh elchilari ishchilar huquqlaridan xavotir bildirdi” (44-bet) maqolasi bilan to‘ldirildi.
Ayollarning tikuvchilik va to‘qimachilik sanoatidagi mehnati yuzasidan, “Ishchi ayollarga tark etishiga yo‘l qo‘ymang, ularga g‘amxo‘rlik qilish kifoya” (23-bet) maqolasida bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, munosib ish haqini targ‘ib qilish uchun “RMG xodimlari uchun ish haqining yangi shakllari” (36-bet) maqolasida mavjud iqtisodiy vaziyat va inflyatsiyani hisobga olgan holda yangi ish haqi tuzilmasini joriy etish tavsiya etiladi.
“Koreya – tayyor kiyimlarni eksport qilish uchun potentsial bozor” (7-bet), “Amerika paxtasidan mahsulotlarni BGMEA bojsiz tarzda olishni istaydi” (10-bet) va “Kiyim eksporti mart oyida 3.89 milliardga tushdi” (12-bet) qator maqolalari Bangladeshda ishlab chiqarilgan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi eksport quvvatlari, imkoniyatlar va omillarni tahlil qiladi.
“Xitoy shou-rumlari Shanxay moda haftaligida butun dunyo bo‘ylab tiklanishi uchun tayyorlik ko‘rmoqda” (14-bet) va “Vyetnam: mahalliy matolar uchun potentsial savdo zonasi” (20-bet) maqolalarida Xitoy moda sanoatining hozirgi holati va Vyetnamning eksport salohiyati haqida umumiy ma’lumot berilgan.
Shuningdek, sizga Avstraliyadagi moda tendentsiyalari haqidagi “Avstraliyadagi Vogue madaniyati. Keyingi moda markazi” (27-bet), Bangladesh moda urf-odatlari haqida “Eng yaxshi moda obrazlari uchun bayram uchun zamonaviy kiyimlarini tanlash” (37-bet), mamlakat soliq tizimi haqida “BTMA 24-moliyaviy yilda soliqlarni soddalashtirish va kamaytirishni istaydi” (40-bet) va bank siyosati haqida “Bangladesh banki eksportchilar uchun Eksportni rivojlantirish fondi miqdorini kamaytirdi” (42-bet) maqolalari qiziqarli bo‘ladi.
Va ehtimol, jurnalning O‘zbekiston mutolaa qiluvchilari uchun eng muhim mavzusi “O‘zbek paxtasi importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish masalasini qayta ko‘rib chiqish” (31-bet) maqolasi bo‘lib, unda muallif respublika to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining holati, hukumat tomonidan olib borilayotgan islohotlar, paxta “boykoti” bekor qilinishi munosabati bilan sohaning yuqori natijalari va yutuqlarini, shuningdek, davlat salohiyatini ta’minlash. Umuman olganda, muallif qisqa vaqt ichida bunday natijalarga erishgan yagona mamlakat O‘zbekiston ekanligini ta’kidladi.
Jurnalning asl nusxasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://appareldigest.com/the-apparel-digest-20th-monthly-issue-april-2023/
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




