Bekobod tumani 2020 yil paxta hosili uchun 243 ta fermer xo‘jaliklari hamda APK Bekobod UK klasteri bilan birgalikda 12000 gektar yer maydoniga paxta ekilgan bo‘lib, 36300 tonna hosil yig‘ib olish rejalashtirilgan.

Fermer xo‘jaliklari va APK Bekobod UK klasteri paxta maydonlarida yetishtirilgan hosil tajribali mutaxasisislar tamonidan aprobatsiya, ya’ni hosil miqdori aniqlandi. Mutaxasislar xulosasiga ko‘ra, 96 ta fermer xo‘jaliklari qo‘shimcha 5 tsentnerdan, 77 ta fermer xo‘jaliklari 3 tsentnerdan jami 691 tonna qo‘shimcha paxta topshirishga APK Bekobod UK klasteri bilan shartnomalar imzolagan.

Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib terib olish bo‘yicha chora-tadbirlar davomida umumiy: 15000 nafar terimchidan iborat 82 ta otryad shakllantirildi. Shulardan 2000 nafari Fermer xo‘jaliklari, 2500 nafari APK Bekobod UK klaster, 10500 nafari uyushmagan aholini tashkil qiladi.

Har bir terimchiga o‘rtacha 0,8 gektar paxta maydoni va mavsumiy terim normasi bir tonnadan to‘g‘ri kelishini hisobga olib, bir otryadga o‘rtacha 70-80 gektar paxta maydoni, 2-3 tadan fermer xo‘jaligi va 80-150 nafar terimchilar biriktirildi.

Shuningdek, paxta hosilini tashish uchun har bir otryadga bittadan traktor, 2 tadan tirkama, har bir terimchiga 2 tadan etak hamda issiq ovqat tayyorlash qozon, o‘choq, quruq o‘tin, samovar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratildi.
Yotoq bilan joylashadigan 3000 nafar hasharchilarga 158 ta yashash joylari ajratilib, ta’mirlanmoqda. Yotoq joylari tuman ishchi guruhlari tomonidan o‘rganilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etish bo‘yicha bevosita tavsiyalar berilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



